1

Madad-shifo: “ChAP QO`LIM UVIShIB QOLAYaPTI...”

Salomatlik 16.10.2017, 18:48
Madad-shifo: “ChAP QO`LIM UVIShIB QOLAYaPTI...”

— So`nggi paytlarda chap qo`lim uvishib qolayapti. Bu nimadan darak beradi?

Humoyun Aliev, Toshkent viloyati

Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:

— Agar chap qo`ldagi uvishish tez-tez sodir bo`layotgan bo`lsa, yurak faoliyatiga ahamiyat bering. Mutaxassis nazoratida yurak kardiogrammasini bajarib, bezovtaliklar bor-yo`qligini aniqlash lozim. Bordi-yu yurak tahlilida o`zgarish kuzatilmasa, osteoxondroz mavjudligiga tahmin qilinadi. Odatda umurtqa pog`onasida tuz yig`ilishi (osteoxondroz) chap qo`lda uvishish yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Bezovtaliklar kuchaymasidan shifokorga murojaat eting. Agar o`z vaqtida davolanishni boshlasangiz, jiddiy muammolarni chetlab o`tishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1