1

Janubiy Koreyada dunyodagi eng katta tanker suvga tushirildi (FOTO)

Dunyo 09.12.2013, 11:46
Janubiy Koreyada dunyodagi eng katta tanker suvga tushirildi (FOTO)
Janubiy Koreyada dunyodagi eng katta kemaning korpusi suvga tushirildi. Uning uzunligi 488 metrni tashkil etib, Nyu-Yorkdagi Empayr-Steyt binosining balandligidan ham oshadi.
Kemaning suv sig`imi esa 600 ming tonnadan yuqori, bu eng yirik kemaning xuddi shu ko`rsatkichidan olti baravar ko`p.  Qayd etib o`tamiz, "Prelude" loyihasi “Shell” neft korporasiyasiga tegishli bo`lib, u tabiiy gaz konlariga ishlov berishda qatnashish uchun mo`ljallangan, deya xabar beradi VVS.



"Prelude" platformasi 25 yil davomida Avstraliyaning shimoli-g`arbiy sohillarida ishlatiladi. Ushbu hududda siklonlar mavsumi noyabrdan aprel oyigacha davom etadi, kema esa bu kengliklardagi ana shu ob-havo sharoitlarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan.
"Prelude" dengizda suzuvchi kema emas, chunki uning o`z dvigatel qurilmasi yo`q. Platforma
foydalanish joyiga buksir yordamida etkaziladi.



“Shell” korporasiyasi ushbu platforma orqali Gonkongday keladigan shaharning energiya
ehtiyojlarini qondiradigan hajmda tabiiy gaz zaxiralarini qazib chiqarilishini aytmoqda.
Hozircha “Shell” kemaning qiymatini oshkor etmayapti, biroq ekspertlarning fikricha, uni qurish ishlari 10,8-12,6 mlrd.dollarga tushadi. Bu boradagi ishlar 2016 yil sentyabriga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.
Kema xo`jayinlari hozirning o`zidayoq undan ham kattaroq suzuvchi platformani qurish ishlari boshlanganini e`lon qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1