AsosiyDunyo

​AQShDA MUHOJIRLAR SONI REKORD DARAJANI QAYD ETDI

'​AQShDA MUHOJIRLAR SONI REKORD DARAJANI QAYD ETDI'ning rasmi

AQSh fuqarolarini ro`yxatga olish byurosi hisobotida ma`lum qilinishicha, 2000 yildan xorijda tug`ilib, mamlakatda doimiy yashovchilar soni 12,6 mln kishiga etdi.

AQShga qonuniy va noqonuniy yo`l bilan kirganlar soni 43,7 mln kishini tashkil qildi.

“Muhojirlarning mamlakat aholisining umumiy sonidagi ulushi 13,5% tashkil qildi. Bu so`nggi 106 yildagi eng yuqori ko`rsatkich”, - deyiladi tadqiqotda.

“AQShning har sakkizinchi aholisi – birinchi avlod muhojiri. Bundan tashqari mamlakatda ota-onalardan biri muhojir bo`lgan oilalarda 16,6 mln bola dunyoga kelgan. Umumiy hisobda muhojir va ularning farzandlari soni 60,4 mln tashkil qildi, bu AQShning har beshinchi fuqarosi degani”, - deyiladi hujjatda.

Ekspertlarning prognozlariga ko`ra, 2023 yilda muhojirlarning umumiy aholi sonidagi ulushi 14,8% tashkil qiladi. Bu AQSh tarixida eng yuqori ko`rsatkich bo`ladi. 2060 yilga borib muhojirlar ulushi 18,8% etadi.

    Boshqa yangiliklar