1

«QAYNOG`AM ERNI O`ZLAShTIRIB OLGAN..»

Savol-javob 17.10.2017, 13:07
«QAYNOG`AM  ERNI O`ZLAShTIRIB OLGAN..»

— Qaynotam oilamiz uchun er maydoni ajratib bergandi. Ammo hujjatlarni rasmiylashtirishning imkoni bo`lmadi. U kishi bir yil avval vafot etdi. Garchi er maydoni og`zaki tarzda berilgan bo`lsa-da, bu haqda hammaga ma`lum qilingan. Buni qarangki, o`sha er hozirda qaynog`amning nomida. U bu ishni qanday bajardi, hayronmiz. Endi erni o`zimizning nomimizga o`tkazsak bo`ladimi?

Advokat Nafisa Ibragimova: — Marhum qaynotangiz egaligidagi er maydonining bir qismi uning hayotlik chog`i eringizga berilganligi qonunan rasmiylashtirilmagan bo`lsa, shuningdek, vasiyatnoma ham mavjud bo`lmasa, umr yo`ldoshingiz shu hududdagi davlat notarial idorasiga o`ziga tegishli meros ulushini rasmiylashtirish uchun murojaat qilishi mumkin. Agar boshqa merosxo`rlar ogohlantirilmasdan turib, meros o`zlashtirilgan bo`lsa, bunday hujjatni haqiqiy emas, deb topilishi bo`yicha sudga da`vo keltirishga ham haqlisiz.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1