Somalida 300 kishi terakt qurboni bo`ldi, yana 300 kishi yaralandi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi. Uning ma`lumotlariga ko`ra, halok bo`lganlar soni ortishi mumkin.
Kuni kecha, hujum 276 kishini hayotdan olib ketgani haqida xabar tarqalgandi.
Shanba kuni Mogadishoning gavjum ko`chalaridan birida minalangan yuk mashinasi portlab ketdi. Hujum uchun javobgarlikni terrorchilik guruh o`z bo`yniga oldi.






