AsosiyDunyo

​PORTUGALIYaDAGI KUChLI YoNG`INLAR O`NLAB INSONLARNING HAYoTIGA ZOMIN BO`LDI

'​PORTUGALIYaDAGI KUChLI YoNG`INLAR O`NLAB INSONLARNING HAYoTIGA ZOMIN BO`LDI'ning rasmi

Portugaliyaning markaziy va shimoliy tumanlarida yuz bergan yong`inlardan halok bo`lganlar soni ortib bormoqda, deb yozadi mamlakat fuqarolik himoyasi xizmati.

55 kishi yaralandi, kuyish jarohatini oldi, 15 nafar jabrlanganlar og`ir ahvolda. Bundan tashqari, etti kishi bedarak yo`qolgan deb qayd etilgan, ularning orasida chaqaloq ham bor.

Umumiy hisobda, shanba kundan buyon mamlakatda 500 ta yong`in o`chog`i qayd etiladi, bugun ertalab ulardan 50 tasi faol bo`lib qolgan. Yuzlab uylar yong`in oqibatida yonib ketdi. Xavfsizlik maqsadida 12 ta avtomobil yo`llari yopilgan. Yong`inni o`chirishga to`rt mingta o`t o`chiruvchi mashina safarbar qilingan.

Portugaliyada uch kunlik motam e`lon qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar