25 avgustdan beri Myanmadagi musulmon aholining ayanchli ahvoli, ularga nisbatan ko`rsatilayotgan zo`ravonlik harakatlari oqibatida yashab turgan joylarini tark etib, qo`shni mamlakatga ko`chishga majbur bo`lgani haqidagi ma`lumotlar ommmaviy aloqa vositalari orqali tarqaldi. Bu ahvol bugunga kelib ham to`xtamagani haqida xabar bermoqda BMT rasmiylari. 47 kun ichida Myanmani 536 ming kishi tark etgan bo`lsa, 9-11 oktyabr kunlari 15 mingta qochoq chegarani kesib o`tishga majbur bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, 18 sentyabr kuni O`zbekiston hukumati
Bangladesh Qizil yarim oy jamiyatiga rohinja qochqinlari uchun insonparvarlik yordami
sifatida zarur mahsulotlarni topshirdi. Ehtiyojga muhtoj 8 ming oilaning
har biri (taxminan 50 ming kishi) O`zbekistondan yuborilgan 14 turdan ziyod
oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar, jumladan, guruch, shakar, eryong`oq, sut
kukuni, pechene, chivinga qarshi to`r, ayollar, erkaklar va bolalar uchun
kiyim-kechaklar (sari, lungi, futbolka), ko`rpa-to`shak, oyoq kiyimlari, asosiy
dori-darmon vositalari va mineral suv bilan ta`minlandi.






