Amerikaning Kaliforniya shtatida yashaydigan ayol Ispaniyaning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan bir kun o`tkazish uchun hayriya fondiga 32 ming dollar to`ladi. Bu haqda Bild yozdi.
Bundan tashqari, ayol “Real”ning uydagi o`yiniga tushish uchun ikkita chipta sotib oldi. Qiz shuningdek jamoaning mashg`ulotlariga tashrif buyurib, Ronaldudan dastxat olishi mumkin.






