​“DARYoGA IKKI MARTA KIRISh” KO`RGAZMASINI OZODBEK NAZARBEKOV OChIB BERDI

Madaniyat 19.10.2017, 10:55
​“DARYoGA IKKI MARTA KIRISh” KO`RGAZMASINI OZODBEK NAZARBEKOV OChIB BERDI

Rossiya rassomlar uyushmasining a`zosi A. Esionovning ijodiy ishlari O`zbekiston Davlat san`at muzeyida 2017 yilning 14 oktyabr kunidan boshlab namoyish etilmoqda. Ko`rgazmani Madaniyat vazirining birinchi o`rinbosari O.Nazarbekov ochib berdi hamda A. Esionovga diplom va esdalik sovg`alarini topshirdi.

Andrey Esionov Toshkent shahrida tug`ilib, shu shaharda ta`lim oldi. Toshkentda hozirgi K. Behzod nomidagi rassomlik va dizayn institutida oliy ma`lumotga ega bo`ldi. Shu vaqtlardan rassomlik ijodi yuqoriga ko`tarila borib, o`zining uslubini yaratishga harakat qila bordi. A. Esionov yaratgan asarlar Rossiyaning turli muzeylarida ekspozisiyalaridan o`rin olib, taniqli rassom bo`lib etishdi.

Ko`rgazmada A. Esionovning eng sara asarlari namoyish etilib, rassomning ishlari konseptual jihatdan puxta va muayyan maqsadga yo`naltirilganligi bilan alohida e`tiborni o`ziga tortadi. Ushbu asarlarda hozirgi zamon tasviriy san`atining shiddati, go`zalligi va nafosati barq urib turadi. Jumladan, akvarel janriga xos kichik hayotiy sahnalari, portret va tipajlarga boy asarlarida naturaga oid voqea-hodisalarning tasvirida vaqtning to`xtovsiz shiddati o`tib borayotganligi mahorat bilan ifodalanadi. A. Esionov akvarelchi musavvir sifatida o`zi shohidi bo`lgan manzara va hodisalardan olgan chuqur ta`surotlarini asarga mahorat bilan singdira olish qobiliyatiga ega. Ularning barchasida rassomning va u tanlagan qahramonlarning shaxsiyati, yoshi va hayotiy tajribasi, milliy- etnik qadriyatlari aks etadi. Aytaylik, tasvirlardagi nuroniy cholning, sayohatchining yoki shunchaki darbadar darveshning ham charchog`ini, shodligu quvonchlarini, o`y-xayollarini his etish mumkindek tuyuladi.

Ko`rgazmada turli mehmonlar, taniqli rassomlar, san`atshunoslar, yosh mutaxassislar, professor-o`qituvchilar, talabalar va keng tomoshabinlar ishtirok etishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1