1

Boks. O`zbekiston Osiyo chempionatidan 8 ta medal bilan qaytmoqda

Sport 31.01.2014, 10:19
Boks. O`zbekiston Osiyo chempionatidan 8 ta medal bilan qaytmoqda
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo`yicha yoshlar o`rtasida o`tkazilgan Osiyo chempionati bahslari nihoyasiga etdi.

E`tiborlisi, qit`aning eng iqtidorli charm qo`lqop ustalari ishtirokida bo`lib o`tgan chempionatda O`zbekiston sharafini himoya qilgan 10 nafar bokschimizdan 8 nafari sovrindorlar safidan o`rin egallashdi.

Terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni Bektemir Meliqo`ziev (-69 kg) va Kozimbek Mardonov (-75 kg) keltirishgan bo`lsa, Abdulhay Shorahmatov (-52 kg), Mahmud G`oipov (-64 kg), Azizbek Shukurov (-81 kg) hamda Asilbek Soliev (-91 kg) kumush medal sovrindori bo`lishdi. Yana ikki nafar hamyurtimiz Fazliddin Meliboev (-60 kg) va Shohruxbek Erkinov (+91 kg) esa Osiyo chempionatining bronza medallari bilan taqdirlandilar.

Shu tariqa, 2 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo`lgan O`zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni egalladi.

Terma jamoamiz a`zolari 2-fevral kuni soat 01:30da Vatanimizga qaytib keladilar.
 
Manba: www.olympic.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1