Pilingdan so`ng yuz terisi kuyishi, dog` tushishi, shikastlanishi mumkin. Bu holda muolajani o`tkazgan mutaxassis yoki dermatolog bilan maslahatlashing.
Muolajadan so`ng bir necha kun noqulaylik seziladi. Shuning uchun yuz terisini tiklashga mo`ljallangan maxsus kosmetik vositalardan foydalanish o`rinli.
Muolaja vaqtida nima his qilayotganingizni mutaxassisga aytib turing. Tajribali mutaxassis salbiy oqibatlar kelib chiqishiga yo`l qo`ymaydi.
Pilingdan so`ng yuz terisi tezda tiklanishi uchun avvalo o`zingizni yaxshi his qilishingiz, shamollamagan, kuchli immunitetga ega bo`lishingiz muhim.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






