Janubiy Koreyaning televizor ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda ikkinchi o`rinda turadigan "LG" kompaniyasi yaqinda AQShda bo`lib o`tgan texnologiya ko`rgazmasida o`zining qayriladigan televizion OLED-panelini namoyish etdi.
“The Korea Times” nashrining ma`lumot berishicha, LG Electronicsning 55-dyuymli bu yangi mahsuloti hozircha faqat ko`rgazma uchun ishlab chiqarilgan, xolos. Uni ommaviy savdoga chiqarish uchun yana 2-3 yil kerak bo`ladi. Xabarlarga ko`ra, OLED-panelli qayriladigan ekranlar oddiy televizorlarga qaraganda kompaniyaga ko`proq foyda keltirishi mumkin.
Yangi televizorlarni shaffof va egiluvchan OLED-panellar uchun LG Display, batareyalarni esa LG Chem korxonalari ishlab chiqaradi. Biroq mazkur ko`rinishdagi mahsulotlarning ommalashuvi uchun to`siqlar ham yo`q emas. Biroq kompaniya rahbariyati ushbu mahsulot insonlar hayotiga yangicha o`zgarish olib kiritishga ishonch bildirmoqda.
Mazkur yangi mahsulotning har tarafi displey bilan qoplangan. OLED-panel o`zining egiluvchanligi va shaffofligi sabab o`z rangi va shaklini istagancha o`zgartirishi mumkin.
Ayni paytda bunday mahsulotga talablar hozirdan oshib borayotir. “LG” kompaniyasi egiluvchan displeyga ega televizorlarni ishlab chiqarish uchun 1 mlrd. dollar miqdorida mablag` yo`naltirgan.