AsosiySavol-javob

ERTAROQ NAFAQAGA ChIQMOQChIMAN...

'ERTAROQ NAFAQAGA ChIQMOQChIMAN... 'ning rasmi

*-1963 yilda tug`ilganman. 15-20 yillik ish stajim bor. Farzandlarimdan biri nogiron. Uni parvarishlab, keyinchalik ishlamadim. Hozir mana shu staj bilan pensiyaga chiqsam bo`ladimi?

Aziza Suvonova, Jizzax viloyati

-Qonun hujjatlariga muvofiq bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo`lsa — ish staji kamida 20 yil bo`lgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo`ladilar.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 sentyabrdagi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to`lash tartibi to`g`risida Nizomning 35-band, «d» kichik bandiga asosan I guruh nogironini yoki 16 yoshgacha nogiron bolani, shuningdek o`zgalarning parvarishiga muhtoj bo`lgan 80 yoshga to`lgan keksaga qarab turish vaqti pensiya tayinlash uchun zarur bo`lgan ish stajiga faqat qarab turgan va qarab turishga muhtoj bo`lgan shaxs bilan birga yashagan shaxslardan biriga qo`shib hisoblanadi.

Nizomning 38-bandiga asosan, nogironni sakkiz yoshgacha tarbiya qilgan bolalikdan nogironning onasiga pensiya tayinlashda talab qilinadigan 20 yillik ish stajiga ushbu Nizomning 35-bandi «a»-«d» kichik bandlarida ko`rsatilgan davrlar qo`shib hisoblanadi.


I guruh nogironini yoki 16 yoshgacha nogiron bolani, shuningdek o`zgalarning parvarishiga muhtoj bo`lgan 80 yoshga to`lgan keksaga qarab turish vaqti Qonunning 8-moddasi talablariga rioya etgan holda ish stajiga kiritiladi. Qonunning 8-moddasiga asosan pensiya tayinlash uchun (7-modda) etarlicha ish stajiga ega bo`lmagan shaxslarga yoshga doir pensiyalar ushbu Qonun 37-moddasi birinchi qismining «a», «b», «v» va «g» bandlarida nazarda tutilgan kamida 5 yil ish staji mavjud bo`lgan taqdirda, bor stajga mutanosib miqdorda (29-modda) tayinlanadi.

Nizomning 65-bandiga asosan qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organidan olingan ma`lumotlar va qarab turilgan shaxslardan, shuningdek ularning qo`shnilaridan so`rab chiqish asosida Pensiya jamg`armasi bo`limi tomonidan tuziladi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar