AsosiySUG'DIYONA
8539

APELSIN ASABNI TINChLANTIRADI

'APELSIN ASABNI TINChLANTIRADI'ning rasmi

Apelsin mevasi ishtahani yaxshilaydi, tarkibidagi kaliy, askorbin kislotasi va vitaminlar hisobiga gipertoniya, ateroslekroz, jigar faoliyati bilan bog`liq xastaliklarda foydali. Shuningdek, yog`li taomdan so`ng bir-ikki bo`lak apelsin mevasi iste`mol qilish ovqat yaxshi hazm bo`lishi va xolesterin miqdori ko`tarilmasligini ta`minlaydi.

Resept:

Asabni tinchlantirishda: apelsin po`stini quritib, 1,5 choy qoshig`ini choynakka soling. 2 choy qoshiq limono`t (melissa) o`simligidan ham qo`shib, qaynagan suv bilan damlang. 10-15 daqiqa dam egach, ta`bga ko`ra asal aralashtiring va 150 grammdan kuniga 2-3 mahal qabul qiling. Bu damlama asab tolalarini bo`shashtirib, bezovtalik va zo`riqishdan xalos etadi.

Kimlarga mumkin emas?

Apelsin mevasini me`yordan ortiq iste`mol qilish turli nojo`ya ta`sirlarga ega. Oshqozon yarasi, 12 barmoqli ichak, gepatit, xolesistit, qabziyat, oshqozon suyuqligining nordon muhitidagi yuqori ko`rsatkich kabi holatlarda apelsin mevasi va undan tayyorlangan malhamlar tavsiya etilmaydi.

Manba: «SUGDIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar