- Ko`z og`risa yoki xiralashsa, umuman, uning quvvatli va o`tkir bo`lishi uchun ayollarga har tongda va oqshomda surma qo`yish tavsiya etiladi.
- Taomnomadan dimlab pishirilgan baliq va jigar, barcha meva va sabzavotlar, ko`katlar va poliz mahsulotlar bo`lgani ma`qul, negaki ular ko`z uchun foydali.
- har kuni qovoqlarni uqalash , ko`zni tez pirpiratish, ko`zni yumgan holda ko`z soqqasini uyoq-buyoqqa qilib va soat mili bo`yicha aylantirib mashq qildirish lozim.
- Bir oy davomida har kuni bir osh qoshiqdan baliq yog`i ichib turilsa, ko`z nurining ravshan va baquvvat bo`lishiga erishish mumkin.
- Muntazam ravishda ozmi-ko`pmi xom karam iste`mol qilish ko`z nurini ravshan qiladi.
- Ko`zda qon bosimi oshgan bo`lsa, damlangan ko`k choyning shamasini olib tashlab, iliq suvida ko`zingizni kunora yuvib tursangiz, ko`zning qon bosimi asta-sekin normallashadi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi