04.02.2014 14:23
Britaniyalik olimlar Sochidagi Olimpiadada qaysi mamlakat g`olib bo`lishini aytishdi
Bunday xulosaga olimlar “uy maydonini” sportchilarning omadiga ta`sirini o`rganishga bag`ishlangan tadqiqotlari natijasida kelishdi. Tadqiqotlar doirasida olimlar standart va hududiy modelni o`rganib chiqishdi. Shu tarzda ular musobaqa paytida hakamlar 20% hollarda musobaqa egasi hisoblangan mamlakat jamoasiga yon bosishlarini aniqlashdi.
Bundan tashqari, o`z vatanida o`tkazilayotgan xalqaro musobaqalarda sportchilar organizmida testosteronning juda katta darajada uchrashi qayd etilgan va bu ularning natijalariga ta`sir qilishi aniqlangan.
Ana shularni inobatga olgan holda britaniyalik olimlar rossiyalik atletlar juda ko`p oltin yutib olishlarini bashorat qilishdi.