AsosiyJamiyat

Rossiyada 15 yoshli o‘quvchi 10 yoshli tojikistonlik bolani pichoqlab o‘ldirdi.

Ҳолат юзасидан ҳуқуқ-тартибот органлари томонидан тергов ишлари олиб борилмоқда.

'Rossiyada 15 yoshli o‘quvchi 10 yoshli tojikistonlik bolani pichoqlab o‘ldirdi.'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, 15 yoshli Timofey ismli maktab o‘quvchisi matematika o‘qituvchisidan qasos olish maqsadida maktab hududiga qurol bilan kirib kelgan.

U yo‘lida uchragan kichik sinf o‘quvchilaridan qaysi millatga mansubligini so‘rab, so‘ng ularga hujum qilgan.

Sinf rahbari bolalarni himoya qilish uchun xonaning eshigini ichkaridan yopib olgan.

Biroq 10 yoshli Qobiljon ismli bola tashqarida qolib ketgan. Hujumchi uni pichoqlab, sodir etgan jinoyatini videoga olgan.

Olingan og‘ir jarohatlar oqibatida bola voqea joyida halok bo‘lgan. Marhum Qobiljon Rossiyada farrosh bo‘lib ishlayotgan tojikistonlik ayolning farzandi ekani aytilmoqda.

Holat yuzasidan huquq-tartibot organlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. Fojia maktablarda xavfsizlik masalasi yanada jiddiy ko‘rib chiqilishi zarurligini kun tartibiga chiqardi.

    Boshqa yangiliklar