AsosiySport

O'zbekistonlik 3 futbolchi "JCh-2026"ning eng qimmat futbolchilari ro'yxatidan o'rin oldi

Abdulqodir Husanov, Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Shomurodovlar eng qimmat futbolchilar ro‘yxatida.

'O'zbekistonlik 3 futbolchi "JCh-2026"ning eng qimmat futbolchilari ro'yxatidan o'rin oldi'ning rasmi

So‘nggi ikki kun davomida 2026-yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlanaganidan keyin transferlarga ixtisoslashgan nufuzli “TransferRoom” markazi mazkur mundialda debyut qiladigan terma jamolarning eng qimmat o‘yinchilari reytingini tuzib chiqdi.

Aniqroq aytadigan bo‘lsak, ayni damga kelib, 2026-yilgi jahon chempionatida O‘zbekiston, Iordaniya, Kabo-Verde va Kyurasao terma jamolari o‘z tarixidagi ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etishi oydinlashdi.

“TransferRoom” markazi usbu jamolar o‘yinchilarining transfer qiymatlaridan kelib chiqib, “Manchester Siti” klubi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov 2026-yilgi jahon chempionati debyutantlari orasida eng yuqori baholangan futbolchi sifatida e’tirof etdi. 21 yoshli o‘zbek futbolchisi reytingda 47,8 million evro qiyomat bilan eng yuqori pog‘onada qayd etilgan.

Ro‘yxatning ikkinchi qatorida Ispaniyaning “Vilyarreal” klubida o‘ynab kelayotgan Kabo Verde terma jamoasi markaziy himoyachisi Logan Kosta transfer narxi 21,7 million yevroga tenglashtirilgan holda o‘rin oldi. Keyingi ikki o‘rinni esa O‘zbekiston milliy terma jamoasining Turkiya chempionatida “Istanbul Bashakshehir” klubi sharafini himoya qilayotgan hujumkor futbolchilari – Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov egalladi. Ularni “TransferRoom” 10 million hamda 9,3 million yevroga baholagan.

Kuchli beshligi jahon chempionatida ilk marotaba ishtirok etadigan Osiyo qit’asining yana bir vakili Iordaniya terma jamoasi hujumkor futbolchisi Musa Tamari yakunlab berdi. Fransiyaning “Renn” klubida o‘ynab kelayotgan charm to‘p ustasi 8,9 million yevroga narxlangan.

Ma’lumot o‘rnida: qit’alararo pley-off natijalariga ko‘ra, mundialda ilk bor ishtirok etadigan terma jamolar ham qo‘shilishi mumkin. Ammo, ularning tarkibida transfer narxi bo‘yicha Abduqodir Husanovga etadigani yo‘qligi ma’lum.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Paxtakor - O'zbekistonning eng muvaffaqiyatli klubi'ning rasmi

    Sport 05.12.2025 14:06

    Paxtakor - O'zbekistonning eng muvaffaqiyatli klubi

    Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi o'zbek futbolining haqiqiy faxri va mamlakating eng ko'p titullarga ega jamoasidir.

    'БАА 10 нафар қирғизистонлик боксчига виза бермади'ning rasmi

    Sport 02.12.2025 11:50

    БАА 10 нафар қирғизистонлик боксчига виза бермади

    Federatsiya barcha hujjatlar o‘z vaqtida topshirilganini aytmoqda.

    'Oʻzbekiston tarixida ilk bor ayol karatechi jahon chempioni boʻldi'ning rasmi

    Sport 01.12.2025 13:34

    Oʻzbekiston tarixida ilk bor ayol karatechi jahon chempioni boʻldi

    Gulshan Alimardonova Misr poytahti Qohirada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida -50 kg vazn toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

    '"Arsenal" Londonda "Bavariya"ni mag'lub etdi'ning rasmi

    Sport 27.11.2025 10:26

    "Arsenal" Londonda "Bavariya"ni mag'lub etdi

    Londonliklar guruhda peshqadamlikni mustahkamladı.

    'Ronaldo va Jorjinaning to‘yi qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Sport 26.11.2025 07:51

    Ronaldo va Jorjinaning to‘yi qaerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

    Tuy haqidagi xabarlarni "Jornal da Madeira" ochiqladi.

    '"Nasaf" "Traktor"ni Qarshida qabul qiladi'ning rasmi

    Sport 24.11.2025 13:02

    "Nasaf" "Traktor"ni Qarshida qabul qiladi

    O‘FK Elit Chempionlar ligasida 5-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.