Germaniyalik Kristian Adam ko`pgina bolalar qatori 4 yoshida velosipedda uchishni, keyinroq skripka chalishni o`rganib oladi. Kunlardan birida unda ushbu ikki mashg`ulotni birlashtirishdek antiqa fikr tug`iladi va u velosipedda teskari yo`nalish bo`yicha harakatlanib, skripka chala boshlaydi. Kristianning eng yaxshi natijasi — 5 soat ichida 60 km.