AsosiySUG'DIYONA

«O`G`LIM ZIRAK TAQMOQChI…»

'«O`G`LIM ZIRAK TAQMOQChI…»'ning rasmi

Dildora, 35 yosh, Samarqand shahri:

— Oilaviy poliklinikada pediatr shifokor bo`lib ishlayman. Judayam bolajonman. O`zimning ikki farzandim bor — bir o`g`il, bir qiz. Ikkalasi ham balog`at yoshida. Ko`z tegmasin, farzandlarimning o`qishidan nolimayman. Lekin ikkalasi ham barcha narsaning so`nggi urfdagisiga ega bo`lishni istaydi. Bu narsa meni ham, turmush o`rtog`imni ham qiyin vaziyatga qo`ymoqda. “Oyi, menga olib bergan telefoningizning yangisi chiqibdi, shuni xohlayapman”, “Bahorda olib bergan paltoyingiz bu mavsumda urf emas, men uni kiymayman…” Bunga o`xshash gaplarning xuddi adog`i yo`qdek. Charchab ketdim, turmush o`rtog`im bilan har bir narsaning me`yori, uvoli bo`lishini aytsak, “Sizlar zamondan orqada qolgansizlar, tushunmaysizlar”, deyishadi.

Bu ham mayli... Qizim kiyganida qorni ochilib turadigan shim kiyishni istaydi. O`g`lim esa keng shim olib bersak ham, bizga bildirmasdan shimini tor qilib tiktirib oladi. Bu hol ikki marta takrorlandi. Bolalarim so`zimga kirmaganiga bir kuyinsam, sog`lig`i uchun yana kuyinaman. Axir, qorni ochilib yurgan qiz ertaga ona bo`ladi, tor shim kiygan yigit ota bo`ladi. Bu narsalarning o`ziga yarasha zarari borligini shifokor bo`lib yaxshi tushunaman, lekin farzandlarimga tushuntirolmay qiynalib ketdim. Kuni kecha esa o`g`lim qoshining tepasiga zirak taqgisi kelayotganini aytganida hushimdan ayrilayozdim. Farzandlarimga to`g`ri tarbiya berolmayapman deb, o`zimni yomon ko`rib ketdim... Maslahatingizga muhtojman!

Maslahat: — Juda qiyin vaziyat. Farzandlaringizga tarbiya berishda biroz adashganmisiz deyman. “Hechdan ko`ra kech” degandlaridek ularni endi qo`lga olishga harakat qiling. O`qishini, yurish-turishini qattiq nazoratga oling, atrofidagi do`stlarini kuzating. Xohlagan narsalaring uchun mablag`ni o`zing top, deb bironta ishga joylab qo`ying. Shunda mehnat qilishni o`rganadi, jamoada ishlab o`zining xatti-harakatini balki o`zgartirar? Ziyoli insonlar atrofini o`rab tursa, ulardan uyalib ham o`zining bachkana istaklaridan voz kechadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar