Yog`li yuz terisi uchun...
1 osh qoshiqdan asal va suli yormasini 1 dona atalangan tuxum oqi bilan aralashtiring. To smetana holiga kelguncha. Keyin niqobni yuzingizga 20 daqiqaga surtib, iliq suv bilan yuvib tashlang.
Muammoli yuz terisi uchun...
2 osh qoshiq asalni 4 osh qoshiq moychechak damlamasi bilan aralashtiring (damlama uchun 1 osh qoshiq quritilgan moychechakka 1 stakan qaynoq suv quyasiz va 5 daqiqa qaynatasiz). Tayyor bo`lgan eritma bilan yuzingizni arting, 20 daqiqadan so`ng esa yuving.
Quruq, ajin tushayotgan yuz terisi uchun...
Yarim osh qoshiq asalni 2 osh qoshiq zaytun yog`i bilan aralashtirasiz. Suv hammomida ilitib, yuzingizga surting. 10-15 daqiqadan so`ng niqobni iliq suv bilan yuvib tashlang.
Muhim!
Yuzingizda tuklar va tomirli «yulduzchalar» borlarga va asalga allergiyasi bo`lganlarga asalli niqoblar taqiqlanadi. Diatez, qandli diabet, bronxial astma kasalliklari bilan xastalanganlarga ham asalli niqoblarni ehtiyotkorlik bilan, shifokor bilan maslahatlashganholda qo`llashni tavsiya etamiz.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.