AQShda sayyoramizdagi eng tezyurar poezdni sinovdan o`tkazish jarayoni muvaffaqiyatli kechdi. Okean ortidagi muhandislar tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu transport vositasi soatiga 1018 kilometr tezlikda harakatlana oladi. Bu qanchalik yuqori tezlik ekanligi to`g`risida aniq tasavvur hosil qilishni istaysizmi? U holda ko`z oldingizga
ettita futbol maydonchasi sig`adigan masofani keltiring. Superpoezd uni atigi ikki soniyada bosib o`tish imkoniga ega.
E`tiborli jihati, amerikaliklar bu borada yaponiyaliklarga tegishli bo`lgan avvalgi rekordni etarli darajada yaxshilashga muvaffaq bo`ldilar. O`shanda poezd soatiga 825 km. tezlikka ko`tarilgandi. Umuman olganda tezyurar poezd bo`yicha o`ziga xos kurash hali yakuniga etganicha yo`q. Axir Kunchiqar mamlakat muhandislari o`zlarining ajoyib ishlanmalari bilan dong taratishgan va ular shunchaki amerikalik hamkasblariga imkoniyatni boy berishni istashmasa kerak.
Ekspertlarning fikricha, tezyurar poezd — Nyu-Yorkdan Los-Anjelesga (ushbu shaharlar orasidagi masofa avtomobil magistralida harakatlansa taxminan 4500 km.ni tashkil etadi) bor-yo`g`i 3,5 soat ichida etib boradi. Bu albatta favqulodda noyob natija, shunday emasmi?