AsosiySUG'DIYONA

​UY YIG`IShTIRISh BO`YIChA 8 MASLAHAT

'​UY YIG`IShTIRISh BO`YIChA 8 MASLAHAT'ning rasmi

Uyda dezinfeksiyalash va yaxshilab tozalash kerak bo`lgan joylar bo`lsa, tozalashni avval ulardan boshlang. Ushbu joylarga buning uchun mo`ljallangan vositalarni surtib qo`yib, boshqa ishlaringizni bajarishingiz mumkin. Chunki dizenfeksiyalovchi vositalarning ta`sir qilishi uchun biroz kutish zarur.

Qo`l etishi qiyin bo`lgan joylar – burchaklar, santexnikadagi, idishlardagi, maishiy jihozlardagi kichik o`yiqchalarni tozalashda eski tish cho`tkalaridan foydalanish mumkin.

Muzlatkichni ortiqcha tozalash va undagi yoqimsiz hidlarni yo`qotishda sizga aktivlashtirilgan ko`mir yordam beradi.

Oshxonani tozalashga kirishishdan oldin gaz plitasi sirtida qotib qolgan dog`larni yumshatish uchun uni yog`ga qarshi vosita surtib qo`ying. Dog`lar yumshagunga qadar esa idishlarni yuvib olasiz.

Chang lattadan iloji boricha unumli foydalanish uchun uni to`rt buklab oling. Shu tariqa to`rtta ishchi yuza hosil bo`ladi va bu bilan lattani chayishga ketadigan vaqtingizni tejashingiz mumkin.

Pol sirtini ideal ravishda tozalash uchun uni avval uksus qo`shilgan oddiy suv bilan (1 litr suvga 2 osh qoshiq nisbatda) va shundan so`ng pol yuvish uchun mo`ljallangan vosita bilan artib chiqish lozim.

Piyola va choynakdagi dog`dan xalos bo`lish uchun iste`mol sodasi eng yaxshi vosita sanaladi. Gubkaning yumshoq tarafiga kichik miqdorda soda surtib, idishni u bilan arting.

Tovada taom tayyorlagandan so`ng, uni issiqligida darhol sovuq suv bilan yuvmang. Chunki keyinchalik taom tagiga oladigan bo`lib qoladi. Tovani sovushini kuting, so`ng yuving.

    Boshqa yangiliklar