AsosiySUG'DIYONA

​TETIKLAShIShNING 7 SIRI

'​TETIKLAShIShNING 7 SIRI'ning rasmi

Oqsil iste`mol qiling!

Doim uyqusirab yurasizmi? Qahva ichishga ruju qo`ymang, yaxshisi kun davomida oqsilga boy quruq mevalar iste`mol qiling. Masalan, eryong`oq, bodom, mayiz, turshak. Yana olmaning bir pallasini, tvorog ham yaxshi tanlov.

V vitamini ko`proq bo`lsin!

V vitamini etishmasligining alomati: kayfiyatning tez o`zgarishi, diqqatni yaxshi jamlay olmaslik, bezovtalik, tushkunlik. V vitamini zaxirasini dukkakli mahsulotlar, baliq, yong`oq, tuxum bilan to`ldirish mumkin.

Engil mashqlar

Charchaganda ortiqcha qimirlashga ham hol kelmaydi. Biroz o`zingizga kelishingiz uchun biz sizga bir soat yugurish yo`lakchasida terga botishni emas, shunchaki piyoda yurishni maslahat beramiz. Agar uyingo`z yoki ishxonangizdandan umuman chiqqingiz kelmasa, 25 marta o`tirib turing.

Muzdek dush

Issiq dush tinchlantirib, bo`shashtiradi. Ammo maqsadingiz tetiklashish bo`lsa, suv sal sovuqroq bo`lgani yaxshi. Sovuq suv organizmda qon aylanishini tezlashtiradi. Agar sovuq dush, degan gapning o`zidan junjikayotgan bo`lsangiz, hech bo`lmaganda, yuzingizni 1-2 marta muzdek suvda yuving.

Taomlanish uchun tanffuslar sonini ko`paytiring

Ovqatlanish tartibini o`zgartirish tetiklik darajasini ancha o`zgartirishi mumkin. Agar kamroq, lekin tez-tez esangiz, bir me`yordagi kaloriyaga ega bo`lasiz. hazmi og`ir ovqat mudroqni chaqiradi, kam-kamdan eyish esa sizni sof quvvat bilan ta`minlaydi.

Erta uyquga yoting

8 soatdan kam uxlash organizm uchun etarli emas. Aks holda horg`in va asabiy bo`lib qolasiz. Zarur ishlaringizni kunduzi bitirishga va har kuni odatdagidan 20-30 daqiqa ertaroq uyquga yotishga harakat qiling. Bir necha kundan so`ng vaqtida uxlash tartibiga o`rganasiz.

Sayr qiling

Ish vaqti tugagach, darrov avtobusga chiqmasdan bir bekat piyoda yurish mumkin. Sayr miyangizni dam oldirishga, ish kuni davomida to`plangan charchoqni chiqarishga yordam beradi. Shuning uchun keyingi gal tanaffus kerakligini his qilganingizda, albatta, sayrga chiqing!

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar