06.02.2014 10:58
Sog`liqni saqlash vaziriga “On-line murojaat” xizmati yo`lga qo`yildi
[url=http://minzdrav.uz/about/treatmentform.php]Yangi xizmat Sog`liqni saqlash Vazirligi rasmiy saytida yo`lga qo`yilgan. Xizmat yordamida foydalanuvchilar o`z savollari, shikoyat va takliflarini Sog`liqni saqlash Vaziriga yo`llashlari mumkin, deya xabar beradi Uzdaily nashri.
Shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar o`z shikoyat va takliflari bilan O`zbekiston Bosh vaziri, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiya va savdo Vaziri hamda Davlat soliq Qo`mitasi raisiga murojaat qilishilari mumkin.





