Amerikaning New Holland kompaniyasi CR10.90 kombaynni ishlab chiqardi. Ushbu model qishloq xo`jaligi sohasida ulkan hajmdagi yumushlarni bajarishga mo`ljallangan...
Yangi kombayn hosil yig`ib olish yo`nalishida eng so`nggi rusumdagi Twin Rotor va Harvest Suite Ultra texnologiyasi bilan jihozlangan. Ko`pgina afzalliklarga ega bo`lgan CR10.90 ayni vaqtda dunyodagi eng zo`r kombaynlardan biri sifatida e`tirof etilmoqda. Yaqinda esaNew Holland CR10.90 kombayni 8 soat ichida 797,656 tonna bug`doyni yig`ib olib yangi jahon rekordini o`rnatdi. Ushbu natija rasman “Ginnessning rekordlar kitobi”dan o`rin egalladi.






