1

Madad-shifo: IShTAHA OChAR VA SARIQ KASALIGA DAVO PIYoZ!

Salomatlik 28.10.2017, 12:42
Madad-shifo: IShTAHA OChAR VA SARIQ KASALIGA DAVO PIYoZ!

Piyozda mavjud bo`lgan fitonsidlar bo`g`ma va sil kasalligi tayoqchalarining kushandasi sifatida ta`sir ko`rsatadi. Shu tufayli ham ajdodlarimizning sevimli oziq-ovqat masallig`idan biri piyoz bo`lib qolgan. Qadimda ko`p tarqalib turgan qorin tifi epidemiyasida ming-minglab kishilar qirilib ketgan. Biroq oziq-ovqat tarkibidan piyoz arimagan kishilar bu xavfli kasallikka chalinmaganlar.

Piyoz tarkibida efir moyi, vitamin S, V, V2, V qandlar, fitin, azotli birikmalar, oz miqdorda yod, fitonsidlar, flavonoidlar va boshqa moddalar bor. Bargi tarkibida esa vitamin S, v2, karotin, efir moyi, qandlar, fitonsidlar hamda organik kislotalar bor.

Piyozning foydali xususiyatlari

Abu Ali ibn Sino piyozni sariq kasalligiga davo qilgan hamda ishtaha ochish uchun qo`llagan.

Piyoz shirasi bilan yiringli yaralarni, quloqdan yiring oqishini, angina va ko`zga oq tushishini davolagan.

Bulardan tashqari piyoz shirasini bosh og`riqni qoldiruvchi, yumshoq ich suruvchi va ayollarda hayz to`xtaganda hayoz keltiruvchi dori sifatida ishlatgan.

Xalq tabobatida piyozning shifobaxsh xususiyatlaridan siydik haydovchi dori sifatida, turli yara, chipqon, singa, ichakning qattiq og`rishi, kolit, ateroskleroz, gipertoniya, avitaminoz kasalliklarini, manqa, xo`ppoz, tumov, sizlog`ich, hatto yumaloq gijjani tushirishda ham ishlatiladi.

Piyozning spirtdagi nastoykasini ichak, ateroskleroz, gipertoniya kasalliklariga, piyozni asal va olma bilan aralashtirib tomoq shamollashi, yo`talga davo qilinadi.

Piyoz kishi organizmidagi qand miqdorini kamaytirish xususiyatiga ham ega. Shu tufayli piyoz ko`proq solingan suyuq ovqatlar qand kasalligi bilan og`rigan bemorlarga tavsiya etiladi.

Ko`k piyoz yurak mushaklarining yaxshi ishlashini ta`minlaydi, tanadagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuborishda ahamiyati katta hisoblangan kaliy va karotin moddalariga boy. Tish kasalliklarining ham oldini olishda piyozning foydasi katta.

Piyozning xalq tabobatida qo`llash yuzasidan tavsiyalar:

1. Bir stakan piyoz sharbati 1 stakan asal bilan aralashtiriladi. Shu doridan kuniga uch mahal ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan 2-3 soat keyin 2 oy davomida bir choy yoki osh qoshiqda miya skleroziga davo sifatida iste`mol qilinadi. Ikki hafta tanaffus qilib, yana 2 oy eyish tavsiya qilinadi.

2. Yumaloq gijja (ostrisa)dan xoli bo`lish uchun sarxil piyozdan 15-20 grammdan kuniga iste`mol qilinib, 7-10kun davomida foydalaniladi.

3. Piyoz barglari yorilgan teriga, qalinlashayotgan qadoqqa qo`yiladi. Barra piyoz taom hazm bo`lishini yaxshilaydi, soch to`kilishidan asraydi. Uning sharbati va qanddan tayyorlangan omixta organizmni mustahkamlaydi.

4. Gripp va nafas yo`llari shamollaganda piyoz maydalab to`g`rab eziladi. Biror idishga solib, boshga kattaroq ro`mol yopib hidlansa, yaxshi natija beradi.

Eslatma:

1. Xom piyozni o`tkir oshqozon-ichak, buyrak, jigar xastaliklari bor bemorlar iste`mol qilmasliklari lozim.

2. Piyoz suvini burunga tomizish mumkin emas, chunki u yallig`langan shilliq qavatga ta`sir qiladi.

3. Burun kataklariga piyoz bo`lagini tiqish aslo mumkin emas, chunki uni burundan tortib olish o`ta qiyin kechib, shifokor yordami kerak bo`lib qolishi mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1