1

Yog`ochdan ishlangan eng baland uy

Hi-tech 28.10.2017, 12:52
Yog`ochdan  ishlangan  eng  baland  uy

Ilgari tabiiy yog`ochdan 10 qavatli uy qurishni hech kim tasavvur ham qilmagandi. Demak, bizda Gorasiya Berjessani bu borada mutlaq rekordchi deb atashga barcha asoslar etarli...

Bilasiz, baland binolar kamdan-kam hollarda yog`ochdan ishlanadi. Ammo birgina istisno bor. Gap bu erda Klivlend (AQSh)da qad rostlagan uy haqida ketyapti. Qiziq tomoni, u professional qurilish brigadasi tomonidan emas, balki oddiy inson mehnati evaziga qad rostlagan. Gorasiya Berjessa o`ziga yangi boshpana qurishni rejalashtiradi, ammo ish boshlanmay turib qurilish materiallarini xarid qilish borasida moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladi. Shundan so`ng u zarur xomashyo o`rnida tabiiy­yog`ochdan foydalanishga qaror qiladi. Gorasiya 11 yil vaqt sarflab, nihoyat o`ziga umumiy maydoni 3 400 kv. metrdan iborat 10 qavatli boshpana tiklaydi.

Mazkur ajoyib uyni ko`zdan kechirar ekansiz, bu erda basketbol maydonchasi, o`nlab xonalar, mehrob, jimjimador yo`laklar va boshqa noodatiy konstruksiyaga guvoh bo`lasiz.

Yana bir qiziq fakt shuki, Gorasiya binoni qurish vaqtida jami 250 mingdan ziyod mix ishlatgan. Bu jihat uyning mustahkam va ishonchli bo`lishiga xizmat qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1