AsosiyShou-biznes

Xonanda Lolani restoranga kiritishdan bosh tortishdi

Estradamizning maftunkor xonandasi Lola Yo`ldoshevani 5 fevral kuni poytaxtimizdagi restoronlardan biriga  kiritishmadi.

Bu haqda xonanda o`zinig Facebook’dagi rasmiy sahifasida yozib qoldirdi. Xonandaning yozishicha, Lolani qishki kiyimda restoranga qo`yishmagan. Tashqaridagi sovuq havo sababli sovuq egan Lola ustki kiyimni echishdan bosh tortgan. Xonanda biroz isinib olgach ustki kiymini garderobga topshirishini aytishiga qaramay, eshikni ikki qo`li bilan to`sib olgan restoran ayol xodimi uni kiritmagan.

Shundan so`ng xonanda restoran menejerini chaqirgan. Ammo, menejer o`rniga gavdali yigit chiqib, Lolaga huddi shu talabni qo`ygan.

Xonanda esa restoranni tark etib, feysbukdagi sahifasida restoran xodimlariga  mehmonlarni kutib olishni o`rganishlari kerakligini aytgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar