1

Madad-shifo: “SAChRATQI YuQUMLIMI?”

Salomatlik 28.10.2017, 15:58
Madad-shifo: “SAChRATQI YuQUMLIMI?”

— Qizimning boshidagi kichik, pushti toshmalarga ko`zim tushganda, biror hasharot chaqqan bo`lsa kerak, deb e`tibor bermabman. Ertasiga toshma peshona va burun uchida ham paydo bo`ldi. Bilsam, bu sachratqi ekan. Suv tegishi bilan ko`payadigan toshma boshqa farzandlarimga ham yuqishi mumkinmi?

Gulnoza Ahmedova, Toshkent viloyati

Rustam ZOKIROV, shifokor-dermatovenerolog:

— Tibbiyotda impetigo yoki streptodermiya, deb ataluvchi toshma asosan bog`cha yoshidagi bolalarda kuzatilib, pufakchali, yiring yiqqan ko`rinishda bo`ladi. Toshma asosan tananing yuqori qismidan boshlab tarqaladi.

Yuz, bo`yin, lab va burun atrofi, quloq sohasi, shuningdek, boshda ham uchrashi mumkin. Ilk kunlarda biroz bo`rtib chiqib, keyingi sutkalarda pufak hosil qiladi va sarg`imtir ko`rinish oladi. Pufak yorilishi natijasida toshma oldidan yangisi chiqishi mumkin. Ya`ni toshma va uning atrofiga suv tegsa, o`z-o`zidan ko`payib ketaveradi.

Sachratqi odatda oz miqdorda toshadi. Ba`zida esa birdan ko`payib ketishi ham mumkin. Ko`pincha toshma yuzaga kelishiga stafilokokk yoki beta-gemolitik streptokokk viruslari sabab bo`ladi.

Viruslar bola tanasidagi tirnalgan, shilingan jarohatlar, hasharotchaqishidan hosil bo`lgan yaralar orqali organizmga kiradi va asta ta`sir o`tkaza boshlaydi. Zero aksariyat bolalar yara o`rnini qo`l bilan shilib, qonatib yoki kattalashtirib yuborishadi.

Bunisi ham mayli, yarani qichigan barmoqlari bilan tanasining boshqa sohalariga ham teginadi. Oqibatda esa tirnoq orasiga kirib qolgan infeksiya zarralari tana bo`ylab tarqala boshlaydi. Kasallik yuqumli bo`lishi mumkin. Shu bois bemor bolakay bir muddat boshqa bolalar bilan yaqin muloqot qilmasligi lozim. Xastalik havo yoki umumiy idish-tovoqdan foydalanish orqali yuqmaydi. Ammo bola og`ziga solgan egulik yoki o`yinchoqdan boshqalar foydalanmasliklari zarur.

Sharhlar

Меҳмон 14.08.2021, 05:26
Davosi bormi
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1