AsosiyShou-biznes

Sevara Nazarxon: “Ulug`imsan Vatanim”ni qaerda kuylamay doim ko`zimda yosh qalqiydi!”

Sevara Nazarxon! O`zbek san`atining bu vakilini bugungi kunda butun dunyo tan olyapti, desak mubolag`a bo`lmaydi. Ilk faoliyatini estrada guruhidagi ijodi bilan boshlagan Sevara bugun yakkaxon faoliyatini boshlaganiga 15 yildan oshyapti. O`zbek sahnasida bir muddat ko`rinmay qolgan xonanda 2013 yilning so`nggi kunlarida yurtimizning  nufuzli taqdimot marosimi “E`tirof”dagi ishtiroki bilan muxlislariga cheksiz quvonch bag`ishladi.

Uni tomoshabin va hamkasblari shu darajada qattiq sog`ingan ekanki “Ulug`imsan Vatanim...” qo`shig`i kuylanganda zalda o`tirganlarning bari uni tik oyoqda olqishladi. Xonanda aynikunlarda AQShda ijodiy safarda bo`lishiga qaramay, u bilan bog`lanishga muvoffaq bo`ldik. O`z o`rnida xonanda ham biz bilan bajonidil suhbat qurdi...

— Assalomu
alaykum, Sevara! Ovozingizni eshitib turganimizdan xursandmiz.

— Assalomu alaykum! (Samimiyat bilan), men ham sizlar bilan muloqotda ekanligimdan boshim osmonga etdi.

— Kun tartibingiz juda tig`iz bo`lsa ham bizga vaqt ajratganingizdan
mamnunmiz. Avvalo sizni o`zbek estradasi va muxlislaringiz yoniga qaytganingiz bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizni sog`inganimiz rost!

— Rahmat! To`g`risi, ijodimdagi bunday quvonchli voqeadan juda xursandman. Ammo ma`lum bir vaqt muxlislar meni biroz yo`qotib qo`ygan bo`lsa ham aslida men ular bilan birga edim. Har safar O`zbekistonga kelganimda ular bilan yuz ko`rishib turganim, qolaversa, elektron pochta manzilimga kelgan ko`plab yurtdoshlarimizning maktublari gaplarimga isbot bo`la oladi.

Shunday bo`lishiga qaramay, uzoq yillardan buyon sizni hamma o`zbek sahnasida ko`rishni sog`ingan edi.

— Ochig`ini aytsam, o`zim ham bu ulug` dargoh, yurtim sahnasini juda sog`ingandim! Zaldagi tomoshabinlarning meni iliq qarshilagani esa katta kuch va dalda berdi. Tan olishim kerak, hayajonim ham ikki karra oshdi. Chet elning katta-katta sahnalarida millionlab tomoshabinlarga qo`shiq kuylaganimda ham bunchalik kuchli qo`rquv, so`z bilan ifodalab bo`lmas darajadagi hayajon bo`lmagandi. O`z yurtingning sahnasi baribir o`zgacha!

— Qaytishingiz aynan katta sahnadagi “E`tirof” taqdimot marosimiga to`g`ri keldi.


— “E`tirof” yil yakunida ko`plab sohalarning sarhisobi sifatida tashkil etilgan yirik taqdimot marosimi. “Istiqlol” san`at saroyida madaniyat, san`at, ilm-fan va sport sohalarida ko`plab yutuqlarni qo`lga kiritgan mashhur hamyurtlarimiz va minglab tomoshabinlar qatorida ishtirok etganimdan behad quvondim. Tadbirda barcha sog`ingan hamkasblarim bilan yuz ko`rishdim. Yillar davomida yig`ilgan sog`inchlarimni bu uchrashuv qondira olmagan bo`lsa-da,  yangi yil oldidan  men uchun katta sovg`a bo`ldi!  

“Ulug`imsan Vatanim” qo`shig`ingizning musiqasi yangrashni boshlaganda ham sahnaga chiqishingizni hech kim kutmagan edi.

— Balki bu ancha yillardan beri ko`rinmaganimning natijasidir. Sahnaga chiqib kelishim bilan tomoshabinlarning hayrati va kayfiyati yanada ko`tarilganini payqashim qiyin bo`lmadi. 

— Tomoshabin sizni juda iliq kutib olganida nimalarni his etdingiz?


— O`sha lahzalarda ko`nglimda kechgan o`y-xayollarni so`z bilan ta`riflab berolmayman. Bu holatga tushgan odamgina meni tushunishi mumkin. O`sha damda eng yaqin qadrdonlarim qarshisida qo`shiq kuylayotgandek his etdim o`zimni. Konsertga yig`ilganlarning tik oyoqda men bilan jo`r bo`lib, ko`zda yosh bilan kuylaganini sahnadan turib kuzatish esa menga qanot bo`ldi. O`zimni ettinchi osmonda emas, undan ham balandroqda parvoz etayotgandek his eta boshladim. Qo`shiq kuylashdan sira bu qadar rohatlanmaganman!

— Ko`zingizdagi yosh - bu Vatan haqidagi mashhur qo`shig`ingizni qayta
katta sahnada kuylaganingizdanmi yoki o`zbek muxlislariga bo`lgan sog`inchdanmidi?

— Ushbu qo`shiqni qachon, qaerda kuylamay yo tinglamay doim ko`zimga yosh qalqiydi. Qo`shiqdagi so`zlar qalb tubidagi eng nozik tuyg`ularni ham jumbushga keltirmay qolmaydi. Sevimli shoirimiz Muhammad Yusuf “Ulug`imsan Vatanim”dagi har bir so`zni yurakdan chiqarib yozganiga shubha yo`q. Shuning uchun ham bu ijod namunasi har bir qalbga birdek etib borgan. O`zbek muxlislarimiz sog`inchi esa ko`zimdagi yoshning ikkinchi sababi. Haqiqatdan ham qadrdon muxlislarimni juda sog`ingandim!

—  Yillar davomida Rossiya estradasida  erishgan yutuqlaringizni kuzatib keldik...


— Rahmat! O`tgan vaqt davomida Rossiyaning bir qator loyihalarida faol qatnashishga muvaffaq bo`ldim. Ulardan biri “Golos” teleloyihasi. Dunyoning ko`plab davlatidan kelib qatnashgan ishtirokchilar ichida o`zbek qizi sifatidagi ishtirokimdan faxrlandim. Bu loyihada g`olib bo`lmagan bo`lsam-da, [url=http://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%9B%D0%B5%D0%BE%D0%BD%D0%B8%D0%B4_%D0%90%D0%B3%D1%83%D1%82%D0%B8%D0%BD]Leonid Agutinning jamoasida shu sohaga tegishli, ko`plab sir-asrorlarni o`rgandim.Shuningdek, Rossiyaning “1-kanal”i tomonidan tashkillashtirilgan “Vshka” loyihasida ham ishtirok etdim. Bu loyiha yaxshi sinov, o`z ustida ishlashni murakkab turi. Tepalikdan o`z qo`rquvingizni engishni foydasiz, deb bo`lmaydi. Qanchalik yuqori ko`tarilganingiz sari yuragingiz shu qadar kuchli ura boshlaydi. O`zim sportga qiziqqanim bois bu loyihada ishtirok etish men uchun maroqli bo`ldi. 

Galdagi rejalaringiz xususida ham to`xtalsangiz?

— O`tgan yilning oktyabr oyida Rossiyada “Maktub, so`z va iboralar...” (“Pisma, slova i fraz…”) nomli konsert dasturimni taqdim etdim. Yanvar oyida ham Rossiyaning ikkita yirik tadbirlarida faol ishtirok etdim. Ayni kunlarda esa o`zingiz bilgandek, Amerikadaman.

— O`zbekistonda ham konsert berish rejagiz
da bormi?

— Albatta! Rejalarimga xususida aniq to`xtalolmayman. Biroq bajarishim lozim bo`lgan ijodiy ishlarim talaygina. Bular haqida keyinroq ma`lumot beraman.
 
Darakchi ma`lumotnomasi:
  • Sevara Nazarxan 1976 yilning 23 dekabrida Andijonda tug`ilgan. [/*]
  • Faoliyati: Xonandalik bilan bir qatorda shoira va bastakor ham. [/*]
  • Oilali, bir o`g`ilning onasi.[/*]
  • 2003 yil O`zbekiston Davlat Konservatoriyasini tamomlagan. [/*]
  • Bugungi kunga qadar 8 ta albomni muxlislarga taqdim etgan. [/*]
Aliya SULAYMONOVA suhbatlashdi

Darvoqe, Sevara Nazarxon joriy yilning 14 fevral kuni “O`zbekiston” mehmonxonasida adabiyotimizning etuk darg`alaridan biri shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 531 yilligi munosabati bilan yakkaxon konsert dasturini taqdim etishi haqida avval [url=http://darakchi.uz/article/608]xabar bergan edik.

    Boshqa yangiliklar