AsosiySUG'DIYONA
18483

«QON BOSIMIM BALAND, HOMILAMGA ZARARI YO`QMI?»

'«QON BOSIMIM BALAND, HOMILAMGA ZARARI YO`QMI?»'ning rasmi

— Homiladorlikning 7-oyidaman. Shu kunlarda boshim og`rib, o`zimni yomon his qila boshladim. Tekshiruvlardan o`tsam, qon bosimim oshibdi. Aytishlaricha, arterial bosimi baland homiladorlarning tug`ish jarayoni xavfli kechar ekan. Shu gap rostmi?

Aziza, Navoiy viloyati

Nilufar ABDULLAEVA, oliy toifali shifokor, akusher-ginekolog: — Homiladorlikning so`nggi uch oyligida ayolda arterial qon bosimi oshishi patologiya hisoblanadi. Homilador ayolga aniq tashxis qo`yish uchun gospitilizasiya qilinib, umumiy tekshiruvlardan o`tkazilishi kerak. Davo choralari kechiktirilmasligi zarur. Etti oylik davrda qon bosimining ko`tarilishiga buyrakdagi shamollash yoki toshlar, shuningdek, bu vaqtda homila jadallik bilan o`sib, onasining buyragiga bosim berayotgani sabab bo`ladi. Qon bosimi baland homilador ayollar bunga befarq bo`lmasliklari kerak. Chunki bu vaziyatda yo`ldoshda joylashgan qon tomirlari homilaga kislorod etkazib berishga ulgurmaydi. Natijada esa homilada bosh-miya qon bosimi balandligi patologiyasi bo`lish xavfi ortadi. Bunday ayollar tug`ruqqacha shifokor nazoratida bo`lishlari zarur. Ayolning tug`ruq davridagi holatiga qarab, kesarcha kesish amalga oshiriladi yoki o`zining tug`ishiga ruxsat beriladi. Tug`ruqdan so`ng ayol albatta buyragini davolatishi kerak.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar