AsosiyDunyo

“Doktor Xaus” seriali shifokorga bemor tashhisini aniqlashga yordam berdi

Germaniyalik shifokorlar “Doktor Xaus” seriali orqali bemorga to`g`ri tashhis qo`yishdi. 

Klinika xodimlar bir necha oydan beri 55 yoshli bemorga tashhis qo`ya olmay, davolanish muolajalarini boshlay olishmayotgan edi. Bemor yil davomida bir necha bor yurak huruji, qayt qilish, istma chiqishi, quloq eshitish, ko`z nurining yo`qolishi bilan shifoxonaga tushgan. Ammo  shifokorlar bu belgilarga qarab aniq tashhis quyishga qiynalishgan.

Yurak huruji bilan kuzatilgan bu belgilar Yurgen Sheferga “Doktor Xaus” serialining bir qismini esga soladi. Shifokor bemor metal (Kobalt) bilan  zaharlanganini aniqlaydi. Serialdagi bemor bir necha yil avval son bo`g`imini metalli protez bilan almashtirgan bo`ladi. 

Yurgen Shefer o`z bemorini kasallik tarixini o`rganadi. Hayotdagi bemor ham 2 yil avval son bo`g`imlariga protez o`rnatgani ma`lum bo`ladi.

Olingan qon natijalari ham qonda kobalt hamda xromning ko`payib ketganini ko`rsatadi. 
Bemorning protezi shikastlangan bo`ladi va uning natijasida metal qonga quyiladi. 

Medical News Today nashrining yozishicha,  professor Sheferni “germaniyalik Doktor Xaus” deya atashgan. U talabalarni qiyin tashhislarni serialda keltirilgan misollar yordamida qo`yishga chaqirmoqda.



    Boshqa yangiliklar