AsosiySUG'DIYONA

​​JUDA TEZ TAYYoRLANADIGAN PEChENELAR

'​​JUDA  TEZ TAYYoRLANADIGAN PEChENELAR'ning rasmi

«Torchetti» pechenesi

250 gr un, 100 gr.dan shakar va sariyog`, 1 osh qoshiq xamiryumshatgich, 3-4 osh qoshiq iliq suv, 2-3 choy qoshiqda dolchin.

Xamiryumshatgichni un bilan aralashtiring. Xona haroratida yumshagan sariyog` va suvni qo`shib, 10 daqiqaga qoldiring. So`ngra shakar, dolchinni aralashtirib, xamir qoring. Xamirdan dumaloq shaklda pechene yasab, qizdirilgan gaz pechining 180 daraja haroratida 10-15 daqiqada pishirib olasiz.

Kokosli

200 gr.margarin, 200 gr. shakar, 300 gr.dan un va kokos qirindisi, 1 choy qoshiq xamiryumshatgich.

Xona haroratida erigan margarinni shakar bilan aralashtiring. Kokos qirindisi, un va xamiryumshatgichni qo`shib, qo`lga yopishadigan xamir tayyorlang. Qo`llaringizni suvda xo`llab, xamirdan dumaloq shakl yasab, pishiriq qog`ozi solingan pechga tering. Qizdirilgan gaz pechining o`rta haroratida 20 daqiqa davomida pishirib olasiz.

Foto: kakosovoe pechene

Pishloqli

250 gr.margarin, 100 gr.qand upasi, 2 ta yumshoq pishloq, 1 st.un.

Margarinni qirg`ichdan o`tkazib, pishloq, un va qand upasi bilan aralashtiring. Xamirdan uzun zuvalachalar yasab, yog`langan gaz pechiga tering. Yuzasiga bitta tuxum sarig`ini surtib, sedana seping. Pishloqli pechene qizdirilgan gaz pechining o`rta haroratida 15-20 daqiqada tayyor bo`ladi.

Asalli

2 dona tuxum, 1 stakandan shakar va un, 2 osh qoshiq asal, 1 choy qoshiqdan vanilin va xamiryumshatgich, 50 gr o`simlik yog`i.

Tuxumni atalab, shakar, vanilin, asal va o`simlik yog`i bilan aralashtiring. Xamiryumshatgich va unni qo`shib, xamir qoring. Xamirni o`rtacha qalinlikda yoyib, turli shakllarda kesib oling. So`ngra 200 daraja haroratda qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa davomida pishirib olasiz.

Tvorogli

250 gr.un, 250 gr. tvorog, 150 gr sariyog`, yarim stakan shakar, 1 choy qoshiq yarmida iste`mol sodasi.

To`rtburchak shaklda kesilgan sariyog`ni un bilan uvalang. Shakar, soda va tvorogni qo`shib, aralashtiring. Xamir 10 daqiqa tindirilgach, yupqa yoyib, dumaloq shaklda kesib chiqing. Har bir kesilgan xamirni ikkiga buklab, chig`anoq ko`rinishiga keltiring. So`ng gaz pechi patnisiga terib, ustidan shakar seping. Pechene qizdirilgan gaz pechining 180 daraja haroratida 15-20 daqiqada tayyor bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar