AsosiySUG'DIYONA

​YoRONGULNING 5 FOYDASI

'​YoRONGULNING 5 FOYDASI  'ning rasmi

Yorongul (geran) barchamizga tanish gul. Bu o`simlikni parvarishlash ham oson. Uning salomatlikka foydali tomonlari esa bisyor. Masalan:

  • Tumovning eng oddiy chorasi sifatida yorongul bargi sharbatiga paxtani botirib, bir-ikki tomchi burningizga tomizing yoki hidlang.
  • Ichaklar faoliyatida muammolar kuzatilganda, o`simlikning yangi unib chiqqan bargini yuvib, saqichdek chaynash lozim.
  • Bo`g`imlarda og`riq kuzatilsa yoki osteoxondrozda 20 grammdan guli va bargini 100 ml. suvda qaynatib, sovutib, dokadan o`tkazing. Gul va barglarni 200 ml. qaynatilgan suvga soling-da, bir kunda 2-3 marta 2 osh qoshiqdan qabul qiling.
  • Yorongul va barglarini qaynatib (suv miqdori va o`simlik miqdori teng bo`lsin), so`ngra muzxonaga qo`ying. Muz bo`lakchalari bilan yuzingizni uqalasangiz, ajin tushishining oldini olasiz, mayda ajinlardan xalos bo`lasiz. Bu muolaja yuz teringizni tetiklashtirib, erta qarishdan asraydi.
  • Tish og`rig`i bezovta qilsa, yorongul bargini lunjingizga qo`yish ham og`riqni kamaytiradi.

    Boshqa yangiliklar