AsosiySUG'DIYONA
3518

«YuZIMGA DOG` TUShDI...»

'«YuZIMGA DOG` TUShDI...»'ning rasmi

— Ikkinchi farzandimga homiladorman. Birinchi homiladorlik davrim asoratlarsiz o`tgan, kasal bo`lmaganman. Hozir esa yuzimga dog` tusha boshladi. Ko`payib ketishining oldini olish uchun nima qilsam bo`ladi? Buning menga va bolamga zarari yo`qmi?

Fazilat, Xorazm viloyati

Nilufar ABDULLAEVA, oliy toifali shifokor, akusher-ginekolog: — Homilador ayolning yuziga dog` tushishi kasallik hisoblanmaydi. Homiladorlik davrida ayol organizmida gormonlar va moddalar almashinuvi keskin o`zgaradi. Natijada terida melanin moddasi ko`payishini kuzatish mumkin. Bu esa terida pigment dog`lar paydo bo`lishiga sabab bo`ladi, lekin ular ayolga ham, homilaga ham xavf tug`dirmaydi. Homilador ayolga jigari hamda o`t qopini tekshirtirishni tavsiya etgan bo`lardik. Bu a`zolarda kasallik kuzatilsa, ularga og`irlik, bosim bo`lmasligi uchun shifobaxsh giyohlardan tayyorlangan dorilar tavsiya etiladi. Tug`ruqdan so`ng bu dog`lar yo`qoladi. Agar ularning ketishi qiyin bo`lsa, jigar va o`t qopini kompleks davolatishni maslahat beramiz.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar