AsosiySUG'DIYONA
3512

YO`TAL BEZOVTA QILSA...

'YO`TAL BEZOVTA QILSA...'ning rasmi

Sut, soda va asal

Bir stakan iliq sutga 1-2 choy qoshiq asal va 1 chimdim iste`mol sodasi qo`shing. Qaynatmadan iliq holda kuniga 2 marta ichiladi.

Qora turp

Kattaroq turpning o`rtasini o`yib, chuqurchani asal bilan to`ldiring. Ma`lum muddat o`tgach, chuqurcha turp suvi bilan to`ladi. Bu sharbatni 4 soat tindirib qo`ying. Sharbatni kuniga bir necha marta 1 osh qoshiqdan iching.

Sariyog`

2 osh qoshiq sariyog`ni 2 dona tuxum sarig`i, 1 choy qoshiq bug`doy uni va 2 choy qoshiq asal bilan aralashtiring. Kuniga 5-6 marta 1 choy qoshiqdan iste`mol qilinadi.

Xurmo

Quruq yo`tal va ovoz xirillashi bezovta qilganda 10 ta quritilgan xurmo ustiga 2 stakan suv quyib, past olovda 30 daqiqa qaynating. Qaynatma issiqligida ichiladi.

Anjir

2-3 dona quritilgan anjirni bir stakan sutda qaynating. Qaynatmani iliq holda uyqudan oldin iching.

Karam

Karam yaproqlarini yumshagunicha qaynating. Suvdan olgach, bir tomoniga asal surting. Biroz issiqroq yaproqlarni ko`krak qafasiga qo`yib (faqat yurak sohasiga yaqin bo`lmasin!), ustidan polietilen plyonka yoping. Keyin sochiq va jun ko`rpa bilan o`rang. Yaproqlar soviguncha tursin. Muolajani uyquga yotishdan avval amalga oshiring.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar