AsosiyDunyo

Quvayt poytaxtida noodatiy sevgi izhori tirbandlikka olib keldi

Quvayt fuqarosi yaqinlashib kelayotgan sevishganlar kuni va sevligisining tug`ilgan kuniga g`aroyib sovg`a tayyorladi. 

U shaharning markaziy ko`chalaridan biridagi ko`prikka yurak shaklidagi atir gul dastasini o`rnatdi. Yurak shaklidagi guldasta va uning o`rtasidagi yozuv har kuni shu yo`ldan o`tadigan  birgina qizning e`tiborini tortishi kerak edi. 

Ammo bu sevgi izhori tirbandlikka olib keldi. Shu trassadan o`tadigan ko`plab xaydovchilar bu sovg`ani suratga olib o`tishni kanda qilishmayapti.

Hozir ushbu suratlar mahalliy ijtimoiy tarmoqlarda barcha rekordlarni yangilamoqda.  Quvayt polisiyasi esa gulni qurib tushishini va avtomobillar harakatining tartibga qaytishini intizorlik bilan kutmoqda.   

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar