Sochi-2014. AQShlik sportchi liftda qamalib qoldi

Sport 11.02.2014, 16:27
Sochi-2014. AQShlik sportchi liftda qamalib qoldi
AQShlik bobsleychi Jon Kuin jurnalistlar e`tiboridan chetda qolmayapti. 

Olimpiadaning ilk kuni mehmonxonadagi cho`milish xonasida qulflanib qolgan sportchi endi liftda qamalib qoldi. Bu haqda sportchi o`zining tvitterdagi sahifasida xabar qoldirdi. 

Hox ishoning, hox ishonmang, ammo hozir biz liftda qamalib qoldik, - deb yozadi Kuin. 
Kuin bilan yana bir bobsleychi Nik Kanningem va biatlon bo`yicha AQSh terma jamoasi texnik direktori Devid Kripps ham birga edi.

Eslatib o`tamiz, bu sportchi 8 fevral kuni o`z yuvinish xonasida qamalib qolgan va chiqish uchun eshikni sindirgan.  

Ta`kidlash joizki, Sochi mehmonxonalaridagi sharoitga ilk kunlardan g`arb jurnalistlari salbiy fikrlar bildira boshlashgan.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1