Suzish bel, qo`l-oyoq va elka mushaklarini rivojlantiradi, nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Ayniqsa, kichkintoyda umrtqa bilan bog`liq xastaliklar (skolioz, kifo, osteoxondroz) kabilar kuzatilsa, suzish mashg`ulotlari juda foydali. Teri kasalliklari, oshqozon-ichak, buyrak xastaliklari, bronxial astma va ko`z nurining zaifligi kuzatilgan bolalarga bu mashg`ulot bilan muntazam shug`ullanish mumkin emas.
Engil atletika oyoq va elka muskullarini rivojlantiradi, surunkali kasalliklarning oldini oladi va ularni zaiflashtiradi. Kichkitoy og`ir xastalik yoki jarrohliq amaliyotini boshdan o`tkazsa, engil atletika mashg`ulotlariga qatnashmagani ma`qul.
Velosport nafas olish tizimi va yurak faoliyati uchun juda foydali. Muskullarni rivojlantirib, umurtqa pog`onasi bilan bog`liq xastaliklarning oldini oladi. Gastrit va siydik yo`llarida og`riq bo`lsa, taqiqlanadi.
Aerobika, sheyping, raqs tanining eguvlanchanligini va qayishqoqligini ta`minlaydi. Harakatlarni noziklashtirib, qomatni go`zallashtiradi. Ayniqsa, qizaloqlar uchun foydali. Buyrak xastaliklari bezovta qiluvchilarga mumkin emas.
Tennis tez harakatlanishga o`rgatadi, nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Osteoxondroz, oshqozonida yarasi bor bolalar bu sport turi bilan shug`ullanmay turgani maqsadga muvofiq.
Kurash bolalar organizmini mustahkamlaydi, mushaklarni rivojlantiradi. Ayniqsa, o`ziga ishonmagan kichkintoylar uchun bu sport turi ayni muaddo. Ko`zning juda xiraligi, asab xatsaliklari va tog`ay to`qimasida muamolar kuzatilsa, bolani boshqa mashg`ulotlarga jalb qiling.
Jamoaviy sport turlari, masalan, futbol, voleybol kabilar oyoq va elka mushaklarini mustahkamlab, o`ziga bo`lgan ishonchni oshiradi, jamoa bilan ishlashni o`rgatadi. Asab kasalliklari va osteoxondroz, skolioz bezovta qilsa, bolakayni bu sport turiga bermang.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi