AsosiySUG'DIYONA

KATTAROQ BURUNNI KIChIKLAShTIRAMIZ

'KATTAROQ BURUNNI KIChIKLAShTIRAMIZ 'ning rasmi

Agar tabiatan sizga nozikkina burun ato qilinmagan bo`lsa, bu mummo emas. To`g`ri pardoz qilsangiz, kifoya.

1. Xaylayter surting. Eng asosiysi, xaylayter jilosiz va sizni yuz teringizdan 1-2 rangga ochroq bo`lsin. Burun usti bo`yicha chiziq torting. So`ng uchiga nuqta qo`ying.

2. Barmoq uchlarida xayleyterni burun terisiga singdiring, atroflari µam esingizdan chiqmasin.

3. Har doim ishlatadigan uvalanuvchi upaga mo`yqalamni botirib oling, qoldig`ini silkitib tushirib yuboring. Aylana harakatlar bilan ko`zning ichki burchagi oldidan to burun teshiklarigacha keling, ikkinchi tomonda ham shu xolatni bajaring.

4. Ana endi hammadan go`zalsiz!

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Boshqa yangiliklar