— Oynalariga parda jalyuzi o`rnatishga ruxsat berilgan M3 toifasi 3 klassi va M1 toifasidagi avtotransportlariga qanday avtotransport vositalari kiradi? Shular haqida batafsil ma`lumot bersangiz...
Ulug`bek Dadaboev, Sirdaryo viloyati
Xolmatjon SAYDALIEV, IIV Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarma boshlig`i:
— MZ toifasi III klassidagi transport vositalariga — konstruksiyasi faqat o`tirib ketadigan yo`lovchilar uchun mo`ljallangan og`irligi 5 tonnadan ortiq avtotransport vositalari kiradi. Ml toifasidagi transport vositalariga - yo`lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o`rindig`idan tashqari o`rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari kiradi.





