12.02.2014 14:57
Zulayho Boyxonova ko`zlarini plastik jarrohlik yo`li bilan o`zgartirdimi!?
Aslida xonandaning “E`tirof-2013” taqdirlash marosimida sahnaga ko`z oynak bilan chiqqani muxlislarda shubha paydo qilib bo`lgan edi. Boyxonova esa ushbu masalaga quyidagicha oydinlik kiritdi.
Zulayho Boyxonova, O`zbekiston xalq artisti: — Ko`zim biroz shamollagani uchun “E`tirof-2013” taqdirlash marosimida ko`zoynakda edim. Ko`pchilik “Ko`zingizni operasiya qildirdingizmi?” deb so`raganida hazillashib, “ha” deb qo`ygandim. Odamlar hazilimni chin deb o`ylashibdi. Bannerdagi rasmda ko`zlarim o`zgarib qolganiga kelsak, bu grimning kuchi. Agar plastik jarrohlik yo`li bilan ko`z atrofini o`zgartirganimda biror asorati qolgan bo`lardi.





