AsosiySUG'DIYONA

OQSILGA BOY 10 XIL KOKTEYL

'OQSILGA BOY 10 XIL KOKTEYL'ning rasmi
Charchoq hissi sizni tark etishini, kun davomida kuch-јayratga to`lib, shuningdek, qaddi-qomatingiz a`lo darajada bo`lishini istaysizmi? Quyida sizga soјliq uchun foydali, oqsil moddasining manbai bo`lmish kokteyllarning reseptini taqdim etamiz. Masalliqlarni blenderga solib yoki mikser bilan aralashtirib, ko`pirtirsangiz kifoya!

1–kokteyl

250 ml. sut, 1 banan, yogurt, 2 osh qoshiq asal va suli yormasi, 100 gr. plombir muzqaymoq.

2-kokteyl

100 gr. tvorog, 200 ml. sut, 1 ta banan, 1 osh qoshiq asal hamda 2-3 osh qoshiq suli yormasi.

3-kokteyl

2 ta banan, 500 ml. sut, 100 ml. qaymoq yoki muzqaymoq, bitta paket vanilin va ozgina dolchin.

4-kokteyl

1 stakan sut, bir choy qoshiq shakar va bir dona tuxum.

5-kokteyl

200 gr. tvorog, 100 ml. yoјsiz qatiq, 100 ml. istalgan meva sharbati va bir dona xurmo yoki banan.

6-kokteyl

100 gr. tvorog, 100 ml. olcha sharbati, bir dona tuxum oqi va ikki choy qoshiq shakar.

7-kokteyl

Bir dona tuxum, 1 osh qoshiq asal, 1 osh qoshiq maydalangan yonјoq, 150 ml. yoјsiz qatiq.

8-kokteyl

200 gr. tvorog, 50 gr. asal, 2-3 ta tuxum va bir osh qoshiq smetana.

9-kokteyl

200 ml. sut, 100 gr. tvorog, 4 ta bedana tuxumi, 50 gr. asal yoki murabbo, 100 gr. smetana, mayiz va turshak.

10-kokteyl

150 ml. sut, 150 gr. tvorog, 1 osh qoshiq suli yormasi va bir osh qoshiq zaytun moyi.

    Boshqa yangiliklar