AsosiySUG'DIYONA

ChOYShABLARINGIZDAN YoQIMLI IFOR KELIB TURIShINI XOHLAYSIZMI?

'ChOYShABLARINGIZDAN YoQIMLI IFOR KELIB TURIShINI XOHLAYSIZMI? 'ning rasmi

Choyshab va yostiq jildlari uchun eng yaxshi tabiiy kondisioner sirka yoki limon kislotasi hisoblanadi. Kir yuvadigan mashinangizning kondisioner soladigan bo`linmasiga 1-2 osh qoshiq rangsiz tabiiy sirka yoki 1-2 choy qoshiq limon kislotasi solish mumkin. Choyshablaringizdan yoqimli ifor kelib turishini xohlasangiz, ikki tomchi efir moyi qo`shsangiz bo`ladi. Bu tabiiy vosita yuvilgan buyumlaringizni yumshoq qiladi. Shu bilan birga, kir yuvish mashinasida yig`ilib qoladigan qasmoqlarni tushirishga ham yordam beradi. O`ta kirlanib ketgan kiyimlarni yuvayotganingizda suvga 50 ml sirka qo`shib, ivitib qo`yishingiz yoki kir mashinada bo`lsa, «predvaritelnoe zamachivanie» bosqichida qo`shishingiz mumkin.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar