AsosiySUG'DIYONA
3324

SOG`LOM HOMILADORLIK UChUN...

'SOG`LOM HOMILADORLIK UChUN...'ning rasmi

Shifokorlar qiz bola salomatligiga kichikligidan e`tiborli bo`lishni maslahat berishadi. Hozirda oilaviy poliklinikalarda bolalar ginekologi faoliyat yuritmoqda. Qizlar kelajakda sog`lom nasl qoldirishlari uchun vaqti-vaqti bilan bolalar ginekolog-shifokori tekshiruvidan o`tkazib turish lozim. Ba`zi ayollar bu ishni noto`g`ri talqinda tushunib, «qiz bola faqat turmushga chiqqachgina ayollar shifokoriga ko`rinadi», deb o`ylashadi. Ammo shuni unutmangki, ba`zi kasalliklar qiz bola organizmida yashirin tusda bo`lib, turmushga chiqib, homiladorlik boshlangach avj oladi. Buning oldini olish esa onalarning e`tiboriga bog`liq.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar