AsosiySUG'DIYONA

ANUShKA ShARMA MISh-MIShLARGA JAVOB BERDI

'ANUShKA ShARMA MISh-MIShLARGA JAVOB BERDI 'ning rasmi

Aktrisa haqida turli mish-mishlar mavjud. Jumladan, aktrisa va aktyor Ranvire Singx bilan orasida ishqiy munosabatlar haqida ham gap-so`zlar mavjud bo`lgan. Ammo Anushka ham, Rangvir ham oralaridagi munosabatlarni oldiniga ommaga bildirishmagan. Faqat bu munosabatlar darz ketgach, Anushka o`z baxtli hayotiga qaytgan bo`lsa, Rangvir uning ishqida kuyib, baxtsiz sevgisi haqida baralla so`zlay boshladi. Anushka esa «Avvaliga turli mish-mishlar kishini xavotirga soladi. Ammo ko`p o`tmay, bunga ko`nikish ham hosil bo`ladi. Bu kabi mish-mishlarni kasbimning salbiy taraflari deb qabul qilaman. Eng avvalo, omma mening aktyorlik mahoratimni baholashini istayman. Va aynan shu men uchun birinchi o`rinda turadi. Boshqa narsalarga esa e`tibor bermayman», deydi.

Shaxsiy hayoti haqida

«Hozirda faqat o`z kar`eramga e`tibor qaratishni istayman. O`z orzumga etishmoqdaman va kimdir yoki nimadir meni bu istagmdan ayirishini istamayman. Oila qurishim borasidagi qarorni esa ota-onam qabul qiladi. Hozirda men o`z hayotimni filmlarda suratga tushish va kar`eramni davom ettirishda deb bilaman», deydi aktrisa.

Orzusidagi film

Anushka 1 qiz va uning ishqida kuygan 11 oshiq yigit hikoyasi haqidagi filmda suratga tushishni orzu qiladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.

Boshqa yangiliklar