Soch parvarishlash vositalaridan qancha ko`p foydalansangiz, shuncha yaxshi.
Noto`g`ri. Agarda har kuni yoki kunora soch uchun mo`ljallangan niqoblardan foydalansangiz, shuningdek, shampun vositasini qo`llasangiz, ular o`z jilosini yo`qotadi. Chunki bu vositalar tarkibidagi moddalar vaqt o`tgach, sochning ustki qatlamida yig`ilib, ularning nurini so`ndiradi. Hamda me`yoridan ortiq parvarishdan sochlar og`ir, dag`al va «quloqsiz» bo`lib qoladi.
Sochlar qancha ko`p kesilsa, shuncha qalinlashadi.
Afsus, unday emas. Doimiy ravishda sochni kesishdan sochingiz qalinlashmaydi. Soch qalinligi uning ildiziga bog`liq. Biroq stilistlar har 4-6 haftada sochlarni tekkislashni tavsiya etishadi Shunda sochlar kamroq to`kilib, sog`lom ko`rinishga ega bo`ladi. Shu sababdan qalinlashgandek tuyuladi.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.






