AsosiySUG'DIYONA

HAR KUN UChUN ShINGIL MASLAHATLAR

'HAR KUN UChUN ShINGIL MASLAHATLAR 'ning rasmi

Ayol borki, go`zal ko`rinishni istaydi. Ammo oila, ish, uy ishlari shunday ko`p vaqtimiz oladiki, o`zimizga oro berishga fursat topolmaymiz. Quyida har qanday vaziyatda ham betakror bo`lib ko`rinishingizni ta`minlovchi maslahatlar bilan bo`lishdik.

1. Dolchinli efir moyidan lablarga surtsangiz, ular katta va yorqin ko`rinadi. Agar allergiyangiz bo`lmasa, yalpiz moyidan ham foydalansangiz bo`ladi. Yog`dan, shunchaki, suyuq lab bo`yog`i ichiga bir necha tomchi tomizib qo`ysangiz kifoya.

2. Agar qo`l ostingizda pardozni tozalovchi vosita bo`lmasa, zaytun yoki kokos moyi bilan yuzni tozalang.

3. Agar tushingiz qurushni boshlasa, unga bir necha tomchi natriy xlor eritmasidan tomizib, 5 daqiqa issiq suv tagida ushlab turing, shunda tushingiz kamida yana 1 oy sizga xizmat qiladi.

4. Ko`pincha upa va yog`upalar idishida sinishni boshlaydi, buning ham yo`li bor: singan upa ustiga bir necha tomchi spirt tomizing-da, aralashtiring va tonggacha qoldiring. Ertagacha spirt uchib ketib, upa xuddi yangidek qotib qoladi.

5. Agar sartaroshga borishga umuman vaqtingiz bo`lmasa, sochlaringizni kam-kamdan olib, o`rang-da, chetlarida chiqib qolgan soch uchlarini kesib tashlang, shu yo`l bilan osonlikcha gullagan sochlardan qutulasiz.

6. Yangi tufli oyoqni siqmasligi uchun oyoqni odatiy zarar ko`radigan joylariga upa yoki antipesperantdan surtib qo`ying.

7. Kiprikni qayirishdan oldin moslamani bir necha soniya fen tagida ushlab turing, shunda kipriklar to kechga qadar qayrilib turaveradi.

8. Har kech sochlar uchiga oddiy yumshatuvchi yuz yoki qo`l kremidan surtib yoting, eng qimmat balzamlar ham sochlarga bunday foyda keltirmaydi, ko`rasiz.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi


Boshqa yangiliklar