AsosiyHi-tech

Microsoft sensorli Office’ni shu yil taqdim etadi

Microsoft kompaniyasi Apple ishlab chiqarayotgan iPad planshetlari uchun Word, Excel  hamda boshqa mahsulotlar ilovasini joriy yilning birinchi yarmida taqdim etadi. 

Bu haqda ZDNet nashri AQSh matbuotida Microsoft mahsulotlari bo`yicha mutaxassis hisoblangan Meri Jo Folining ma`lumotiga tayanib xabar bermoqda.  

Uning so`zlariga ko`ra, Ipad uchun mo`ljallangan Office “Miramar” deb nomlanadi. Taxminlarga ko`ra, bu ilovadan foydalanish uchun “Office 365”ga obuna bo`lish shart.

O`tgan yilning yozida iPhone’lar uchun taqdim etilgan ilovadan foydalanish uchun  obuna bo`lish shart edi. Microsoft bosh direktori Stiven Balmer endi kompaniya e`tiborini Windows 8 va Windows RT uchun sersorli ekranda boshqariladigan Office dasturini ishlab chiqarishga qaratishini aytib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar